AsosiyJamiyat

Sanjay yana sudda yutqazdi: "Karvon" qo`shig`i internet tarmog`idan o`chiriladi va xonanda katta miqdorda jarima to`laydigan bo`ldi

'Sanjay yana sudda yutqazdi: "Karvon" qo`shig`i internet tarmog`idan o`chiriladi va xonanda katta miqdorda jarima to`laydigan bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati U. Azimov manfaatida S. Djavberdievga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo`yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma`naviy zarar undirish haqida da`vo ariza bilan sudga murojaat qilgan.  

Da`vo arizasida javobgar S. Djavberdievdan U. Azimov foydasiga 245 000 000 so`m tovon puli, 100 000 000 so`m ma`naviy zarar hamda javobgar tomonidan qo`shiq qilib ijro etilgan “Karvon” nomli she`rni turli ommaviy manbalardan (internet va ijtimoiy tarmoqlar, xususan YouTube videoxostingidan) olib tashlash so`ralgan.  

Ayni paytda Toshkent shahar sud Matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2021 yil 13 yanvar kuni chiqarilgan hal qiluv qaroriga asosan da`vogar O`zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining U. Azimov manfaatida javobgar S. Djavberdievga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo`yish, mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon puli va ma`naviy zarar undirish to`g`risidagi da`vo arizasi qisman qanoatlantirilgan.  

Javobgardan U. Azimov foydasiga qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida tovon puli va 40 000 000 so`m ma`naviy zarar undirish belgilandi.

S. Djavberdievga “Karvon” nomli she`ridan foydalinib, ijro etilgan qo`shig`ini ijtimoiy tarmoqlar (xususan, YouTube videoxostingidan) dan olib tashlash majburiyati yuklatildi.

Shuningdek, javobgardan davlat foydasiga 3 240 000 so`m miqdorida davlat boji undirish belgilandi.

Da`vo talablarining qolgan qismi qanoatlantirishdan rad etilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Sherali Jo`raevning “Atirgulim, atringni soch” va “Gulbadan” qo`shiqlarini ruxsatsiz kuylagan Sanjay javobgarlikka tortilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar