Alyaskada ijtimoiy moslashuv reabilitasiya markazi mahbusi Joshua Yaska qamoqdan qochib ketdi, biroq ko`p o`tmay qolgan mahbuslarni ham qutqarish uchun qaytib keldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Nashrning yozishicha, 20 yoshli mahbus Yaska birinchi marta velosipedda qochib ketgan. Oradan uch soat o`tganidan so`ng u boshqa mahbuslarni qutqarish uchun qaytib keldi. Yaska reabilitasiya markazi hududiga yuk tashuvchi mashinada kirmoqchi bo`ldi. So`ng rejasi amalga oshmagan jinoyatchi yana qochib ketdi.
“Ayni paytda Yaskaning qaerda ekanligi noma`lum”, — deyiladi xabarda.
Qochoq mahbus hozirda polisiya tomonidan qidirilmoqda.
NAVOIYLIK FUQARONING QO`LIDAN TELEFONINI TORTIB OLGAN JINOYaTChI QO`LGA OLINDIhttps://t.co/mbnM4OfNVC pic.twitter.com/VmV6PEEpnV
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





