1

Xonanda Lola ko`z ko`rib, quloq eshitmagan “Sochiqlar kuni”ni nishonladi

Shou-biznes 26.05.2016, 10:10
Teglar: Lola Yo`ldosheva
Xonanda Lola ko`z ko`rib, quloq eshitmagan “Sochiqlar kuni”ni nishonladi

25 may kuni O`zbekistonda hamma “So`nggi qo`ng`iroq” kunini nishonlagan bir vaqtda xonanda Lola ko`z ko`rib, quloq eshitmagan boshqa sanani nishonladi.

“Do`stlar, bugun bizning taqvimda juda ahamiyatli sana! Bugun juda muhim kun! 25 may! Ha, ha do`stlarim, bugun sochiqlar kuni!!! Biz bilan sochiqlar bo`lmaganida biz nima qilar edik! Ahir uni silkitib, halokat haqida ogohlantirish mumkin, yana unga o`ranib olib, ochiq osmon ostida yulduzlarni tomosha qilish, zaharli gazlarni hidlamaslik uchun boshni o`rab olish, va ohir oqibat agar sochiq toza bo`lsa unga artinish mumkin”.

Bundan tashqari Lola sochiqqa atab she`r ham yozgan.

Ma`lumki dunyoda turli buyamlarga atab, qaysidir sanalar nishonlanadi. Sochiqlar kuni haqiqattan ham bor yoki yo`qligini ko`rish maqsadida Wikipedia saytiga murojaat qildik. Darhaqiqat, 25 may kuni hamma erda “So`nggi qo`ng`iroq” bilan bilan birga sochiqlar kuni ham nishonlanar ekan. Ushbu kun britaniyalik yozuvchi, yumoristik fantastik asarlar muallifi Duglas Adams hotirasiga nishonlanar ekan. Ilk bor ushbu kun 2011 yilda, uning vafotidan ikki hafta o`tib nishonlangan. Shu kuni uning ijodi muxlislari o`zlari bilan sochiq olib yurishadi.

O`zining “Avtostop bilan galaktika bo`ylab” asarida Adams sochiqni avtostopchi uchun beqiyos narsa deb ta`riflagan.


 

 

Sharhlar

Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida

13.03.2018, 16:48

8 mart kuni taniqli o`zbek qo`shiqchisi Lola Yo`ldosheva uzoq tanaffusdan so`ng Moskvada katta konsert bergani haqida xabar bergan edik. Konsertdan avval "Sputnik" nashri muxbiri go`zal...
“Benom” Rossiyada birinchi marta konsert bermoqda

22.01.2018, 13:22

Original qo`shiq va kliplari bilan tilga tushgan “Benom” guruhi gastrol safariga otlanishdi...Rossiyaning to`rta yirik shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan konsert 3 fevarl Sankt-Peterburg shahridan boshlanadi. “ST....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1