Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.
Unda, “I.k.h.” MChJ shaklidagi qo`shma korxonasi Boyovut filiali sobiq menejeri Z.S. o`ziga ishonib topshirilgan va uning moddiy javobgarligida bo`lgan 28 turdagi 109,4 mln so`mlik o`simliklarni himoya qiluvchi vositalarini hech qanday hujjatlarsiz sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






