O`rtaer dengizida EgyptAir kompaniyasiga qarashli halokatga uchragan A320 laynerining avariya radiomayog`i signali ushlandi.
Misr tergov komissiyasi rahbari Ayman al-Muqaddam mayoqning joyini aniqlashga muvaffaq bo`lingani haqida ma`lum qildi.
Ushbu mayoq samolyot halokatga uchraganda sputnikka signallar yuboradi.
Eslatib o`tamiz, EgyptAir aviakompaniyasiga qarashli Parijdan Qohiraga uchayotgan A320 samolyoti radar ekranlaridan joriy yilning 19 may kuni yo`qoldi. Uning bo`laklari O`rtaer dengizida Karpatos grek oroli yaqinidan topildi. Halokat oqibatida 66 kishi halok bo`lgan.
83 YoShLI AYoL BOLALIGIDA UNDAN YuZ O`GIRGAN ONASINI IZLAB TOPDIhttps://t.co/g4tBh3Re25 pic.twitter.com/Bzd16k3UNO
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.