AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda yangi tug`ilgan chaqaloq ko`chaga tashlab ketildi

'Qoraqalpog`istonda yangi tug`ilgan chaqaloq ko`chaga tashlab ketildi'ning rasmi

Nukus shahrining eski shahar qismida yangi tug`ilgan chaqaloq ko`chaga tashlab ketilgan. Qoraqalpog`iston Respublika Prokuraturasining xabar berishicha, 2022 yil 8 fevral kuni soat 02:00lar chamasida Taxtako`pir tumani, Nukus shahrid Bo`ston ko`chasida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan A.K farzand dunyoga keltirib, o`zi yashab turgan joyning qarshisidagi uy oldiga tashlab ketgan.

So`ng, chaqaloq Respublika perinatal markaziga etkazilib, hayoti saqlab qolingan.

Bu hodisa bo`yicha Nukus shahar IIB tomonidan JKning 117 moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda aytilishicha, voqeaga guvoh bo`lganlar 103 qisqa raqamiga murojaat qilgan. Chaqaloq o`g`il bola, og`irligi 3 kg 700 gramm.

    Boshqa yangiliklar