AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirining navbatdagi manzili Xorazmdagi ta`mirtalab maktab bo`ldi

'Xalq ta`limi vazirining navbatdagi manzili Xorazmdagi ta`mirtalab maktab bo`ldi'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Xorazm viloyatidagi ta`mirga muhtoj maktab faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

"Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov Xonqa tumanidagi 26-son maktabda bo`lib, maktab binosining bugungi holati, moddiy texnik bazasi va ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi",-deya qayd  etiladi unda.

Ta`kidlanishicha, ta`mirga muhtoj bo`lgan mazkur maktabda o`quvchilarning talim olishlari uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, xonalarni maxsus jihozlar bilan ta`minlash hamda maktab kutubxonasini adabiy-badiiy, ma`rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan yanada boyitish  yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirish zarurligi aytib o`tilgan.

Eslatib o`tamiz, bir muddat avval Baxtiyor Saidov Buxorodagi maktablarni o`rganib, o`qituvchilarni sergaklikka chaqirgani haqida yozgan edik.

    Boshqa yangiliklar