Kecha Nukus shahrining eski shahar qismida yangi tug`ilgan chaqaloq ko`chaga tashlab ketilgani haqida xabar bergan edik.
Qoraqalpog`iston Respublika Prokuraturasining ma`lumotiga ko`ra, holat Nukus shahrid Bo`ston ko`chasida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan A.K tomonidan sodir etilgan edi. U farzand dunyoga keltirib, o`zi yashab turgan joyning qarshisidagi uy oldiga tashlab ketgan.
So`ng, chaqaloq Respublika perinatal markaziga etkazilib, hayoti saqlab qolingan.
Ayni damda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qilmoqda.
"Nukus shahrida yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketilganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi",-deyiladi xabarda.






