Hindistonda dunyodagi “eng og`ir” qizaloq tug`ildi

Dunyo 26.05.2016, 16:32
Teglar: Bola, Hindiston
Hindistonda dunyodagi “eng og`ir” qizaloq tug`ildi

Hindiston janubida dunyodagi “eng og`ir” qizaloq dunyoga keldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Yangi tug`ilgan chaqaloqning vazni 6,8 kilogrammni tashkil etdi. Nashrning yozishicha, odatda olti oylik chaqaloqlar mana shunday vaznga ega bo`ladi.

Qizaloqning onasi uni kesarcha kesish yo`li bilan dunyoga keltirgan. 

19 yoshli Nandinining o`zi ham birinchi farzandi bu darajada katta vaznda tug`ilishini xayoliga ham keltirmagan edi. Taxminlarga ko`ra, hindistonlik “polvon” qizaloq dunyo rekordini o`rnatadi. 2014 yilda AQShda ham og`ir vaznga ega chaqaloq dunyoga kelgan edi. Uning vazni 6,5 kilogramni tashkil etib, bu rekord ko`rsatkich sifatida baholangan edi.

Hozirda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kutilayotgan bu qizaloq shifokorlar nazorati ostida. “U rostan ham juda katta va chiroyli”,—deydi ginekolog Purnima Manu.


 

Sharhlar

O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi

21.12.2022, 09:32

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati...
Hindiston tarixida ikkinchi marta ayol kishi mamlakat prezidentligiga saylandi

22.07.2022, 11:01

Hindistonda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Bharatiya Janata partiyasi a`zosi, Milliy demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g`alaba qozondi, deb xabar bermoqda The Indian Express nashriga...
O`zbekiston Hindistonga Pokistonning Karachi porti orqali birinchi yukni jo`natdi

02.06.2022, 11:41

Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi. Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.Qayd etilishicha,...
Hindistonda avtomobil ko`prikdan qulashi tushdi. Qurbonlar bor

27.01.2022, 00:50

Hindistonning Maxarashtra shtatida avtomobil ko`prikdan qulashi oqibatida etti nafar talaba halok bo`ldi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, halok bo`lganlar mahalliy tibbiyot kolleji talabalari, jumladan,...