"Tolibon» 2021 yil kuzda Britaniyadan Toshkent orqali Afg`onistonga kelgan 2 nafar IShID a`zosini qo`lga olgan. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ulardan biri soxta pasportga ega bo`lgan. «Tolibon» manbasi sumkasida 10 000 funt naqd puli, harbiy kiyim, tungi ko`zoynagi bo`lgan IShID a`zolarini chegarada qo`lga olganini aytgan.
«Ularning birida Britaniya va yana birida Evropa davlatlaridan birining pasporti bo`lgan», — degan «Tolibon» manbasi.
Shuningdek, manbada terrorchilik guruhi a`zolari Hayraton chegarasidan o`tayotganda Jaloloboddagi qarindoshlarinikiga borishini aytgani ma`lum qilingan. O`zbekiston manbasiga ko`ra, ikkala shaxs ham Toshkentga uchib kelganida Britaniya pasportidan foydalangan. Rasmiylar bu ikki shaxsni Afg`oniston hukumatiga tekshiruvdan o`tkazish uchun yuborganini qo`shimcha qilgan. Chunki ular razvedka ma`lumotlariga ko`ra xavotir uyg`otgan, biroq O`zbekiston qonunchiligini buzmagan, jumladan, Buyuk Britaniya pasporti egalari mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega, ular Interpol qidiruvida ham bo`lmagan.






