AsosiyJinoyat

Kogonda fuqaroni chet davlatga o`qishga kiritib, keyinchalik o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Kogonda fuqaroni chet davlatga o`qishga kiritib, keyinchalik o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kogon tumani bo`limlari tomonidan IIB bilan tezkor tadbir o`tkazildi

Unda, fuqaro A.X. fuqaro Sh.ni Qozog`iston Respublikasidagi universitetga o`qishga kiritib, keyinchalik vakolatli tanishlari orqali o`qishini O`zbekistondagi universitetlardan biriga ko`chirib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar