Bu haqda «Uzreport» telekanalidagi lavhada ma`lum qilindi.
Ma`lum bo`lishicha, u kiberjinoyat ya`ni internet orqali boshqa davlatlardan pul echgani uchun Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik), 242- (Jinoiy uyushma tashkil etish), 243- (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va 177- (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) moddalari bilan 8 yilga qamalgan.
«IT bo`yicha mutaxassisman, tizimlar yaratganman. Yaqinda 27 yoshga kiraman. Oilaliman, 2 nafar farzandim bor. Jami 165 milliard 792 million so`m pul echganman. Birinchi ishimda 35 million dollar pul echib olganman.
Koreyada turib, Isroildan pul echdik va iz qoldirmaslik maqsadida 10 minut ichida ettita davlat bankida bu mablag`ni aylantirganman. Pullarni Shveysariya bankiga qo`yganman. Turkiyadan Rossiyaga qaytganimda menga O`zbekiston tomonidan qidiruv e`lon qilingan ekan», — degan u.






