AsosiyJinoyat

Toshkentda xonadonni "remont" qilayotgan usta sherigini shlang bilan urib o`ldirdi

'Toshkentda xonadonni "remont" qilayotgan usta sherigini shlang bilan urib o`ldirdi'ning rasmi

Toshkent shahri Bektemir tumani Majnuntol mahallasida joylashgan xonadonni  43 yoshli Yu.O.  43 yoshli tanishi B.E. bilan ta`mirlayotgan bo`lgan.  2022 yil 7 fevral kuni soat 17:00 larda ikkalasi o`zaro janjallashib qoladi va  Yu.O. rezinadan ishlangan shlang bo`lagi bilan B.E,ni bir necha marotaba urib, tan jarohati etkazadi. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada B.E. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilib, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Yu.O.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Boshqa yangiliklar