AsosiyJamiyat

Andijondagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Andijondagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bugun, 11 fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kasalxonada portlash sodir bo`ldi.

FVVning taqdim etgan qo`shimcha ma`lumotlariga ko`ra, shifoxonada havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan. Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast etgan.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar berdi.  

Hodisa oqibatida 1 nafar kishi vafot etgan, 11 nafar kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar