AsosiyJinoyat

Andijonda «Xalq banki»ning 13 nafar xodimi 4,6 mlrd so`mni o`zlashtirganlikda ayblanmoqda

'Andijonda «Xalq banki»ning 13 nafar xodimi 4,6 mlrd so`mni o`zlashtirganlikda ayblanmoqda'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan AT Xalk banki Andijon viloyati Amaliyot bo`limi xodimlari va boshqalarga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatalari olib borilmoqda.

Tergov davomida bank xodimlari 4,6 mlrd. so`mni o`zlashtirganliklari aniqlangan. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi

Ushbu kamomadga yo`l qo`ygan 13 nafar bank xodimlariga JK 167-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan ayb e`lon qilingan. 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qo`llanilgan.  

Tergov xarakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar