Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan “Ph.” MChJga qarashli dorixonada tekshiruv o`tkazildi.
Unda, MChJ rahbari O.U. xaridor A.ga 6 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 150 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonada tegishli hujjatlari bo`lmagan 2 080 dona “Karbamazepin” 343 dona “Regapen”, 265 dona “Zardeks” va 244 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






