Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlarida sakkizinchi kun bahslari yakuniga etdi. Ahamiyatlisi, bugun ham Germaniya termasi umumjamoa hisobidagi peshqadamlikni saqlab qoldi.
Yanada e`tiborlisi shundaki, to`rt kundan beri Norvegiya kunduzgi dasturlarda qo`lga kiritilgan oltin medal evaziga etakchilik qilib keladida, eng so`nggi dasturidagi oltin medalni “ilib” ketgan nemislar peshqadamlikni skandinavlardan tortib olmoqda. Bugun ham norveglarning quvonchini so`nggi dasturda germaniyalik skeletonchi Anna Nize yo`qqa chiqardi. Medallar jamg`arish bo`yicha kuchli o`nlik:
1. Germaniya – 8-5-1 (14)
2. Norvegiya – 8-3-6 (17)
3. AQSh – 5-5-1 (11)
4. Niderlandiya – 5-4-2 (11)
5. Shvesiya – 5-2-3 (10)
6. Avstriya – 4-6-4 (14)
7. Xitoy – 4-3-1 (8)
8. ROQ – 3-4-6 (13)
9. Italiya – 2-5-4 (11)
10. Yaponiya – 2-3-5 (10)






