AsosiyJinoyat

Termizda qoidabuzar haydovchi YPX inspektoriga 7 million so`m pora taklif qildi

'Termizda qoidabuzar haydovchi YPX inspektoriga 7 million so`m pora taklif qildi'ning rasmi

2022 yil 10 fevral kuni Termiz shahar Ibn Sino ko`chasida xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati YPX inspektori safdor R.Sh "Tiko" rusumli transport vositasini harakati shubha tug`dirganligi sababli to`xtatib, haydovchi B.Z bilan suhbatlashish jarayonida haydovchidan spirtli ichimlik hidi kelib turganligini sezadi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

YPX inspektori xizmatda foydalanish uchun o`ziga biriktirilgan "alkotester" orqali haydovchining mastlik holatini aniqlaydi va haydovchiga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiradi va transportini jarima maydoniga joylashtiradi.

Shundan so`ng fuqaro B.Z YPX inspektorining xizmat olib borayotgan joyga borib, unga nisbatan chora ko`rmasdan avtomashinani "chiqarib" berishi evaziga 7.000.000 so`m miqdorda pora taklif qiladi.

YPX inspektori R.Sh fuqaroga bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo`lishini, jinoyatga boshlamasligini aytib tushuntirishiga qaramay haydovchi B.Z pora taklif qilishda davom etadi.

Shundan so`ng YPX inspektori Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga fuqaro B.Z ga nisbatan chora ko`rishni so`rab bildirgi bilan murojaat qiladi.

IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi mas`ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 2022 yilning 11 fevral kuni soat 20:00 larda Surxondaryo viloyati IJQK departamenti Termiz shahar bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.Z Termiz shahar "Baynalmilal" mahallasida joylashgan jarima maydoni yonida YPX inspektori safdor R. Sh ga 7.000.000 so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi va holat tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar Prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar