AsosiyDunyo

6 oylik qizaloq suv chang`isida uchdi (Video)

Florida shtatida yashovchi olti oylik Zila Sent-Onj ismli qiz hali emaklashni, yurishni va...

Florida shtatida yashovchi olti oylik Zila Sent-Onj ismli qiz hali emaklashni, yurishni va gapirishni bilmasada, suv chang`isida uchishni biladi. Yaqinda Zila dunyodagi eng yosh suv chang`isida uchuvchi qiz bo`ldi. U ko`l bo`ylab, 200 metrdan ortiq masofani mustaqil suzib o`tdi.

Qizaloqning ota-onasi Keyt va Loren – professional tarzda suv chang`isi bilan shug`ullanishadi. Zila turishni o`rganganida uning ota-onasi turnikni qattiq ushlab tura olishini tushunib, uni suv chang`isida sinab ko`rishga qaror qilishdi.

Zila uchun maxsus kichkina suv chang`isi yaratildi va mashg`ulotlar boshlandi. 

21 may kuni bo`yi 76 santimetr, vazni 9 kilo bo`lgan Zila soatiga 11 kilometr tezlikda suvda 200 metr masofani suzib o`tdi. Qizaloqning xavfsizligi uning yaqinlari tomonidan ta`minlandi.

Ming marta eshitgandan bir marta ko`rgan afzali, o`zingiz qizchaning mahoratiga baho bering!


 

 

Boshqa yangiliklar