1

O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat 14.02.2022, 13:14
O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi vatandoshlar uchun telegram guruhi orqali Ukraina hududida bo`lib turgan o`zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Ma`lum qilinishicha, elchixona tasdiqlanmagan, soxta ma`lumotlarni tarqatmaslikni va vahima qo`zg`amaslikni so`ragan.

«Elchixona Ukraina davlat organlari, diplomatik korpus va yurtdoshlarimiz bilan doimiy aloqada», — deyiladi murojaatda.

Elchixona, shuningdek, "O`zbekiston havo yo`llari" Kievga muntazam reyslar amalga oshirayotgani va manfaatdor fuqarolar Kiev–Toshkent yo`nalishi bo`yicha O`zbekistonga qaytishlari mumkinligi haqida ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda Ukrainadagi mavjud vaziyat sabab dunyoning bir nechta davlatlari ushbu mamlakat bilan aviaparvozlarni to`xtatishni rejalashtiroqda. Ukraina esa parvozlarlar uchun mamlakat osmoni xavfsiz ekanligi haqida ma`lum qildi

Eslatib o`tamiz, ayni paytda Ukrainadagi mavjud vaziyat sabab dunyoning bir nechta davlatlari ushbu mamlakat bilan aviaparvozlarni to`xtatishni rejalashtiroqda. Ukraina esa parvozlarlar uchun mamlakat osmoni xavfsiz ekanligi haqida ma`lum qildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1