1

Andijondagi kasalxona portlashida halok bo`lgan fuqaro qirg`izistonlik ekani ma`lum qilindi

Jamiyat 14.02.2022, 13:29
Andijondagi kasalxona portlashida halok bo`lgan fuqaro qirg`izistonlik ekani ma`lum qilindi

Avval xabar qilganimizdek, 11 fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kasalxonada portlash sodir bo`ldi.

Qirg`izistonning O`zbekistondagi elchixonasi Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Ziteriya” xususiy davolash-diagnostika markazida gaz-havo aralashmasining portlashi oqibatida Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi 1966 yilda tug`ilgan R.N. vafot etgani haqida ma`lum qilgan. 

Ma`lum qilinishicha, Qirg`iziston Respublikasi fuqarosining jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg`izistonga etkazildi. Bu masala Qirg`izistonning O`zbekistondagi elchixonasi nazoratida, deyiladi xabarda. 

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1