1

O`qituvchilarni bosh egib uzr so`rashga majbur qilingani ortidan maktab direktori va tuman XTB mudiri ishdan ketdi

Jamiyat 14.02.2022, 16:58
O`qituvchilarni bosh egib uzr so`rashga majbur qilingani ortidan maktab direktori va tuman XTB mudiri ishdan ketdi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o`qituvchilar ota-onalar oldida tik turib kechirim so`rashga majbur qilingani haqida xabarlar va o`qituvchilarning bosh egib turgani aks etgan surat tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham “Hech bir ustoz va murabbiylarimiz unday holatga tushishlariga yo`l qo`ymayman, zero sizning oldingizda sharafli mehnatingizni qadrlagan holda ta`zimdamiz”, - deya fikr bildirdi.

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov Marhamat tumanida ota-onalar oldida uzr so`rashga majbur qilingan o`qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Andijon viloyatiga bordi.

Vazirlik Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, o`qituvchilar bilan o`tkazilgan bevosita suhbat natijalariga ko`ra, maktab direktori hamda Marhamat tumani xalq ta`limi bo`limi mudirini vazifasidan ozod etish bo`yicha xulosaga kelindi.  

Shuningdek, bugun Andijon viloyati hokimligida bo`lib o`tgan “Hokimlik soati” yig`ilishida viloyat hokimi tuman hokimining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosarini lavozimidan ozod qilib, tuman hokimiga “Hayfsan” intizomiy jazosini belgilagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1