AsosiyJinoyat

Sirdaryoda sug`oriladigan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Sirdaryoda sug`oriladigan er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo`limi tomonidan DXXning Oqoltin tuman bo`linmasi bilan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro M.K. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Mirzaobod tumani hokimligi zaxirasidagi 20 gektar sug`oriladigan er maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 80 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar