Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonida Vladimir Janibekov haykali oldidagi granit plitalar buzib tashlanayotgani haqida xabar e`lon qilingan edi.
Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi masalani o`rganib, obektning atrofiga yotqizilgan marmar (burchatkalar)ning almashtirish ishlari ruxsasiz boshlaganligi uchun esa “MIMAR GROUP MChJ” ga ogohlantirish xati berildi va jarayon to`xtatilgan edi.
Toshkent shahar madaniy meros agentligining xabar berishicha, 15 fevral kuni Ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tgan.
Unda Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi muhokama qilinib xulosa taqdim etilgan. Unga ko`ra, kengash loyihaga obektning tarixiy va badiiy qiymatiga ta`sir ko`rsatmagan holda ta`mirlashga ruxsat berdi.
Shuningdek, “MIMAR GROUP MChJ” tomonidan taqdim qilingan loyihada aholiga qulaylik yaratish maqsadida piyoda va velosport yo`laklari, o`yin maydonchalari ham barpo etilishi ko`rsatib o`tilgan.
Bunda ko`kalamzorlashtirish va daraxtlarni asrab-avaylash, yashil hududni kengaytirish ham albatta ko`zda tutiladi.






