1

«Bolamning bo`yi o`smayapti...»

Salomatlik 30.05.2016, 14:47
«Bolamning bo`yi o`smayapti...»

–  O`g`lim 14 yoshda. Tengqurlariga qaraganda bo`yi pastroq.  Tanishlarim endokrinologga ko`rsating, ehtimol gormonal o`zgarish bordir deyishayapti. Shunday bo`lishi mumkinmi? 

Sabohat Esonova, Toshkent viloyati 

Savolga oliy toifali shikofor endokrinolog Dilfuza ORTIQOVA javob beradi: 

–  Bo`y o`sishdan sekinlashining bir qancha sabablari bo`lishi mumkin. Dastlab gipofiz bezini tekshirish lozim. Bundan tashqari jigar faoliyati, gijja va boshqa parazitlarning mavjudligini ham aniqlashtirish talab qilinadi. Ba`zan bo`y pastligi nasliy, ya`ni ota – onaning bo`y o`lchamiga ham bog`liq bo`lishi mumkin. Agar bu sabab inkor etilsa, demak kerakli tahlil xulosalaridan so`ng muammo sababi ma`lum bo`ladi va shunga ko`ra davolash choralari bajariladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1