Xorazmda fuqaro 10 mlrd. so`m kredit olib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam sudlangan ikki fuqaro Urganch shahridagi MChJlardan birining rahbari yuk avtomashinalari xarid qilish uchun 10 mlrd. so`m miqdorida kredit olmoqchi ekanligidan xabar topib, unga bu borada tanishlari orqali yordam berishlarini aytishadi va evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilishadi.
Ular so`ralgan puldan 15 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlandi.






