JJizzaxda dekandan 100 ming AQSH dollari pora olayotgan institut mas’uli qo‘lga olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Jizzax davlat pedagogika institutining ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i 2021 yilning oktyabr oyida mazkur oliy o`quv yurti fakultetlaridan birining faoliyatini tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ushbu fakultet dekaniga salbiy ta`sir qilmasligi va uni lavozimida qolishini ta`minlash evaziga 100 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbirida u so`ralgan pulni vositachi orqali olgan vaqtida ushlandi.






