AsosiyJamiyat

Rus tili o`qituvchilari ham TRKI testini topshirish va 50 foiz ustama haq olish imkoniyatiga ega

'Rus tili o`qituvchilari ham TRKI testini topshirish va 50 foiz ustama haq olish imkoniyatiga ega'ning rasmi

Endilikda Rus tili o`qituvchilari ham "Bilim va ko`nikmalarni baholash markazi"da ro`yxatdan o`tib, "Test po russkomu yazku kak inostrannomu" (TRKI) testini topshirish va oylik maoshiga 50 foiz ustama haq olish imkoniyatiga ega.

A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti bilan shartnoma imzolandi! 11-fevral kuni test markazimiz va A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti o`rtasida "Test po russkomu yazku kak inostrannomu" (TRKI) testini o`tkazish bo`yicha shartnoma rasman imzolandi.

"TRKI" testi birinchi bor 24-fevral soat 10:00 da bo`lib o`tadi.

"TRKI" testini topshirish uchun assessment.uz saytida ro`yxatdan o`tishingiz mumkin. Ro`yxatdan o`tish uchun video ko`rsatmani youtu.be/msFEQsfjJp4  ushbu havola orqali ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar