14 fevral kuni Camarqand viloyati Paxtachi tuman Tadbirkor mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan 49 yoshli T.S. tuman IIBga jinoyat ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lumot berdi.
Unda 2020 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib kelishi, Tadbirkorlar mahallasida yashovchi 67 yoshli A.K. va 63 yoshli Q.B.,lar unga tegishli bo`lgan savdo do`konlarini yuritishiga to`sqinlik qilayotganini ma`lum qilgin.
Shuningdek, ular turli xil uydirmalar bilan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilib kelayotganligi, ulardan yuqori turuvchi organlarga nima sababdan shikoyat qilishliklari haqida so`raganida Q.B. 1 mln 500 ming so`m, A.K. esa 15 mln so`m pullarni bergan taqdirda yuqori turuvchi organlarga uning tadbirkorlik faoliyati yuzasidan ariza bilan murojaat qilmasliklarini, uni tinch qo`yishliklarini, pullarni bermagan taqdirida uning tadbirkorlik faoliyati yuzasidan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishdan to`xtamasliklarini aytib, tovlamachilik yo`li bilan, undan pul talab qilib kelayotganliklarini bildirgan.
Shikoyatchi fuqaro shu sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni soat 17:00 larda Paxtachi tuman IIB JQB hamda Samarqand viloyat Narpay tuman DXX bo`linmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida A.K. ariza muallifidan 15 mln so`mga hisoblab 1500 AQSh dollari, Q.B. esa 100 AQSh dollari pullarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Paxtachi tuman Tergov bo`linmasi tomonidan A.K va Q.B.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan hamda ular ish bo`yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






