Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
da, fuqaro Sh.B. fuqaro N.ni aldab, unga o`zining Qo`rg`ontepa tuman YHXBda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda o`qishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilib, evaziga 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning O`rtachirchiq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.M. fuqaro A.dan unga qishloq xo`jaligi texnika vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani o`quv kurslarida qatnashmasdan turib, go`yoki o`zining “Agroinspeksiya”da ishlovchi tanishi orqali olib berish evaziga 2,3 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






