AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 4 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

'O`zbekistonda 4 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi  qarori bilan O`zbekistonda 4 nafar sudya o`z arizalariga ko`ra,  lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda kengash Matbuot xizmati xabar berdi.

Bular:

  • Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Zangiota tuman sudining raisi O`ktam  Xoliqov;

 

  • Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi Xilola Begalieva;  

 

  • Andijon viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tuman sudining raisi Isoqboy Ergashev;

 

  • Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma`muriy sudining sudyasi Ma`ruf Saidov.

 

 

    Boshqa yangiliklar