Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1 200 000 gektar bo`lgan “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog`i va Tomdi tumanida umumiy maydoni 40000 gektar bo`lgan “Oqtog`-Tomdi” davlat qo`riqxonasi tashkil etiladi. Bu haqda Davlat ekologiya qo`mitasi xabar berdi.
Milliy tabiat bog`i va davlat qo`riqxonasi faoliyati yo`lga qo`yilishi natijasida Qizilqum cho`lining markaziy qismidagi tabiiy majmua va ob`ektlar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan 30 dan ortiq turdagi noyob hayvon turlari, 10 dan ortiq o`simlik turlari hududiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi.






