AsosiyJamiyat

O`zbekiston havo-desantlari saralandi

'O`zbekiston havo-desantlari saralandi'ning rasmi

Mudofaa vazirligi qo`shinlarining havo-desant bo`linmalarida xizmat qilish istagini bildirgan harbiy xizmatchilar bilan Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizonida saralash tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda  Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy leytenant Islomjon QO`ChQOROV xabar berdi.

Respublikaning turli hududlarida xizmat qilayotgan, tibbiy ko`rik xulosasiga ko`ra, “havo-desant bo`linmalarida xizmat qilishga yaroqli”, deb topilgan harbiy xizmatchilar saralandi. Ta`kidlash joizki, desantchilarni qo`shindan bu tarzda saralab olish ilk bor tashkil etilmoqda.

Nomzodlarga dastlab havo-desant bo`linmalari faoliyati haqida etarlicha tushuncha berildi. Malakali desantchilar bilan ochiq muloqot uyushtirildi. Sakrashni amalga oshirguncha kechadigan jarayon bilan yaqindan tanishtirildi.

Shundan so`ng asosiy saralash mashg`ulotlariga kirishildi. Nomzodlarni saralash ularning jismoniy tayyorgarligini sinovdan o`tkazish bilan boshlandi. Psixologik testdan keyin nomzodlar Chirchiq poligonidagi 15 kilometrlik maxsus taktik to`siqlar jamlanmasidan o`tishdi. 

Saralashdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlarga g`urur va sharaf ramzi bo`lmish moviy beret va sertifikatlar berildi. Ular shu tariqa bundan keyingi xizmatlarini havo-desant bo`linmalarida davom ettiradigan bo`ldi. 

 

    Boshqa yangiliklar