AsosiyJamiyat

Namanganda antiradarga qarshi lazerli qurilmalarni ishga solish rejalashtirilmoqda

'Namanganda antiradarga qarshi lazerli qurilmalarni ishga solish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Namangan shahri, Pop, Chust va To`raqo`rg`on tumanlarida ham “aqlli radar sistemalari” o`rnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yo`l harakati xavfsizligi bo`yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida turkiyalik investorlar bilan uchrashuvda aytilgan.

Lazer tizimida ishlovchi mazkur qurilmalarga qarshi radarga qarshi uskunalar ish bermaydi, tizimda esa faqatgina jazolash emas, balki yo`llar va chorrahalardagi harakatni tartibga solish imkoniyati bor.

Namangan shahridan tashqari, namuna sifatida viloyatning Pop, Chust va To`raqo`rg`on tumanlarida ham “aqlli radar sistemalari” o`rnatilishi rejalashtirilgan.

Ta`kidlanishicha, Turkiyaning "Üç nokta" mas`uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga ko`ra, Namangan shahrida 10 million dollarlik investisiya loyihasini amalga oshirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar