AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`zini o`zi band qilganlar 1 mln 300 ming nafardan oshdi

'O`zbekistonda o`zini o`zi band qilganlar 1 mln 300 ming nafardan oshdi'ning rasmi

Mamlakatimizda, 2022-yil 16-fevral holatiga  o`zini o`zi band qilganlar 1 324 031 nafarga etdi.  

Joriy yil 1-yanvardan 16-fevralga qadar 132 047 nafar fuqaro o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tib, bu borada Farg`ona (20295), Samarqand (18988), Andijon (13901), Jizzax (10647) va Toshkent viloyati (10362) etakchilik qilmoqda.

  • Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha 50691;
  • Sanoat yo`nalishi bo`yicha 32707;
  • Maishiy xizmatlar bo`yicha 23641;
  • Ijtimoiy yo`nalish bo`yicha 15183;
  • Xalq iste`moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish bo`yicha 7551;
  • Axborot-kommunikasiya yo`nalishi bo`yicha 2274 nafar shaxs o`zini o`zi band qildi

 

O`zini o`zi band qilgan shaxslar:

  • bepul ro`yxatdan o`tadi;
  • ish beruvchiga ega bo`lmaydi;
  • ishchi yollamaydi;  
  • ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
  • yilda bir marta BHMning bir baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to`laydi;
  • daromadidan soliq to`lamaydi;
  • yuridik shaxslardan pul o`tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam  ochishi mumkin;
  • faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanadi.

    Boshqa yangiliklar