Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Tashriflar chog`ida davlat rahbari imkon qadar jurnalistlar bilan ko`proq muloqotda bo`lishga harakat qiladi. Shunday paytlar bo`lganki, bir kunda boriladigan manzillarda 2-3 martalab, 10-30 daqiqalab suhbat ham qilgan.
Jurnalistlar guruhida davlat OAV qatorida xususiy telekanallar va nashrlar jurnalistlarining ham borligi quvonarli.
Ma`lumot uchun:
Bir yildan oshiq muddatda "Darakchi" (guruhdagi yagona xususiy gazeta va Darakchi.uz sayti), Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Uz24.uz internet nashrlari hamda "Sevimli", "Mening yurtim" va "Uzreport" telekanallarining jurnalistlari prezident faoliyatini to`g`ridan-to`g`ri yoritib kelishmoqda.






