AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir yangi federasiya tashkil etildi

'O`zbekistonda yana bir yangi federasiya tashkil etildi'ning rasmi

Milliy gvardiya qo`mondonligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ot sport turlaridan biri bo`lgan “Tentpegging  sport turini ham rivojlantirish, aholini ayniqsa yoshlarni va harbiy xizmatchilarni ushbu sportga keng jalb qilish maqsadida O`zbekiston "Tentpegging" federasiyasi faoliyati yo`lga qo`yildi.

O`zbekiston "Tentpegging" federasiyasi raisi Milliy gvardiya ot sporti bo`yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori N.Ibragimov va federasiya raisi o`rinbosari lavozimiga Yoshlar o`rtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig`i Q.Azizovlar tayinlandilar.

Milliy gvardiya qo`mondoni R.Djuraev tomonidan mamlakatimizda  "Tentpegging" sport turini keng targ`ib qilish va rivojlantirish, ushbu sport turi bo`yicha respublikamiz bo`ylab nufuzli musobaqalarni tashkil etish, shuningdek  Jahon va Osiyo mamlakatlari o`rtasida o`tkaziladigan musobaqalarda yuqori natijalarni qo`lga kiritish Milliy merosimiz namunasi bo`lgan "Qorabayir zotli otlarimizni ushbu sport orqali dunyoga tanitish yuzasidan  aniq vazifalar belgilab berildi.

Ushbu sport turi Osiyo va Evropa davlatlarida juda ommabop bo`lib, ayniqsa harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar