AsosiyJamiyat

Bir guruh o`zbekistonliklar ishlash uchun Koreyaga etib bordi

'Bir guruh o`zbekistonliklar ishlash uchun Koreyaga etib bordi'ning rasmi

Bugun, 21 fevral kuni bir guruh o`zbekistonlik fuqarolar 4 yilu 10 oy davomida ishlash huquqini beruvchi shartnomalar bilan Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda etib bordi.  

Ayni vaqtda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bu haqda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular avvaliga karantin o`tashadi.

"Yurtdoshlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olinib, karantin o`tash manzillariga kuzatib qo`yildi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar