AsosiyJamiyat

Toshkentda ekstremistlarga o`ralashib qolgan 24 nafar shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda ekstremistlarga o`ralashib qolgan 24 nafar shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

 Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida ekstremistik tashkilotlarning noqonuniy ravishda faoliyat yuritgan bir guruh a`zolari aniqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur holat aniqlandi. Poytaxt IIB buni ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida ushlangan shaxslarning yashash manzillarida o`tkazilgan tergov harakatlari natijasida, ekstremistik oqim va halqaro terrorchilik tashkiloti targ`ibotchilarining aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan va taqiqlangan materiallari topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olinadi.

O`tkazilgan tadbirlar natijasida ekstremistik tashkilotlarga aloqador 24 nafar shaxslar ushlanib, ularga nisbatan tergov davom etayotgani xabar qilindi.

"Shu o`rinda, fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo`l qo`ymaslik maqsadida buzg`unchi g`oyalar ta`siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlarning shubhali saytlaridagi da`vatlariga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmasliklarini, ularni saqlamasliklarini va tarqatmasliklarini so`rab qolamiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar