Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ichki ishlar organlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Arnasoy tumanida yashovchi, 46 yoshli ayol bir kilogramm 105 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
U xolislar ishtirokida tekshirilganida cho`ntagidan 105 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





