AsosiyJamiyat

Toshkentda hokimlikka tegishli 14 sotix erni sotayotgan shaxs ushlandi

'Toshkentda hokimlikka tegishli 14 sotix erni sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkent tumanida hokimlik zaxirasidan 14 sotix er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Sh. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Toshkent tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 14 sotix er maydonini go`yoki “Z.” ismli tanishi orqali 8 000 AQSh dollari evaziga unga egalik qilish huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va`da qilib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) va  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar