AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vaziri haydovchilar uchun jarima ballari qanday hisoblanishini ma`lum qildi

'Ichki ishlar vaziri haydovchilar uchun jarima ballari qanday hisoblanishini ma`lum qildi'ning rasmi

Xabaringiz bor avvalroq, Prezident yig`ilishda bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini ma`lum qilgan edi. Ayni paytda  Ichki ishlar vaziri  O`zA’ga bergan intervyusida haydovchilarga yo`l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi qanday ishlashi haqida tushuntirdi.

“Agar haydovchi tomonidan 12 oy davomida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballarining umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga esa bonus ballari hisoblab boriladi”, deydi Po`lat Bobojonov.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, yo`l harakati xavfsizligi bilan bog`liq qonunchilik takomillashtiriladi. Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, o`zboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini to`xtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik uchun javobgarlik belgilanadi. 

“O`qitmasdan va o`rgatmasdan haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun ham jazo choralari ko`zda tutiladi.

Sir emaski, keyingi paytlarda yo`l-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, to`sqinlik qilish, hatto qarshilik ko`rsatish holatlari kuzatilayotgan edi. 

Endi bunday holatlarning oldini olish choralari ko`riladi. Soha vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi”, - degan vazir.

 

    Boshqa yangiliklar