AsosiyJamiyat

Milliy universitet kutubxonasidagi XIII - XIX asrlarga oid 2,6 mlrd. so`mlik 56 dona qo`lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon - toroj qilingani aniqlandi — Bosh prokuratura

'Milliy universitet kutubxonasidagi XIII - XIX asrlarga oid 2,6  mlrd. so`mlik 56 dona qo`lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon - toroj qilingani aniqlandi — Bosh prokuratura'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda XIII-XV asrlarda yozilgan o`nlab nodir qo`lyozmalari O`zMU kutubxonasidan yo`qolganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o`rganildi.

O`rganishda Milliy universitet Axborot resurs markazi fondida saqlangan XIII - XIX asrlarga oid qiymati 2,6  mlrd. so`mlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo`lgan 56 dona qo`lyozma va 6 dona toshbosma asarlar talon - toroj qilinganligi va boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 19 fevral kuni universitetning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, shuningdek, Axborot resurs markazi direktori va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlariga kirishildi.

Tergov ustidan Bosh prokuratura nazorati o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar