Kecha, soat 18:34 da A-373-xalqaro avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonidan o`tgan 238-kilometrida “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi handaqqa tushib ketgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.
Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari hamda tegishli xizmatlar etib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni handaqdan chiqarib olishgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.






