Markaziy bank departament direktori Akmal Nazarov AOKAda o`tkazilgan brifingda iste`molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida ma`lumot berdi.
O`tkazilgan o`rganishlar va nazorat tadbirlari natijasiga ko`ra, xizmat ko`rsatishda iste`molchilarining huquqlari buzilishiga yo`l qo`ygan 16 ta tijorat banki va 8 ta mikrokredit tashkilotidan jami 1 177 mln. so`m miqdorida jarimalar undirildi.
Banklarga nisbatan ko`rilgan choralar ta`sirchanligini oshirish maqsadida undirilgan jarimalarning 829 mln. so`mi yoki 70 foizi qoidabuzarliklar yo`l qo`yilishiga sababchi bo`lgan banklarning 466 nafar mas`ul xodimlari hisobidan qoplandi.
Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan qoidabuzarliklarga yo`l qo`ygan 269 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilgan.






