AsosiyJamiyat

Rossiyada balandlikdan yiqilib, og`ir tan jarohati olgan afg`on O`zbekistonga keltirildi

'Rossiyada balandlikdan yiqilib, og`ir tan jarohati olgan afg`on O`zbekistonga keltirildi'ning rasmi

Asli farg`onalik bo`lgan X.N. 2020 yil yanvar oyida ishlash uchun Rossiya Federasiyasiga ketadi va 2021 yilning noyabrida baxtsiz hodisa oqibatida balandlikdan yiqilib, bosh qismidan og`ir tan jarohati oldi.  Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, yigit ancha muddat Rossiyada davolandi. Mablag`siz, iqtisodiy qiyin ahvolda qolgan X.N oilasi bag`riga qaytdi. Unga shifokor nazorati ostida Vataniga qaytishida amaliy yordam ko`rsatildi.  

Toshkent xalqaro aeroportida agentlik ma`sul xodimlari va fuqaroning yaqin qarindoshlari tomonidan  kutib olindi va tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatildi.

 

    Boshqa yangiliklar