Marg`ilon shahrida tabiiy gaz iste`molidan qarzdorlikni o`chirib bermoqchi bo`lgan mutaxassis Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.
“Marg`ilonshahargaz” bo`limi aholi iste`molchilari bilan ishlash xizmati etakchi mutaxassisi M.O. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.ning xonadonida gaz iste`moli hisobidan vujudga kelgan 3,7 mln so`m qarzdorlikni bazadan o`chirib berish hamda yangi gaz hisoblagich o`rnatib berish evaziga jami 2,3 mln so`mni o`z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






