Toshkent shahar Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko`chmas mulk ob`ektiga nisbatan taqiq bor-yo`qligi yuzasidan axborot taqdim etish bo`yicha xizmat ko`rsata boshladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar elektron murojaat yo`llab, uch ish kuni mobaynida taqiq yuzasidan bepul axborot olishi mumkin bo`ladi. Xizmatdan foydalanish uchun ko`chmas mulk ob`ektining kadastr raqamini bilish talab etiladi.





