AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi 22 fevralga ob-havo bashoratini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kunning ikkinchi yarmida Samarqand viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir  yog`ishi mumkin. 

Shuningdek, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliqgacha isiydi.

Qayd etilishicha, poytaxtda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 14-16° iliqgacha isishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar