AsosiyJamiyat

Sirtqi va kechki ta`limning huquqiy asosi mustahkamlanmoqda

'Sirtqi va kechki ta`limning huquqiy asosi mustahkamlanmoqda'ning rasmi

 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Professional ta`lim muassasalarida sirtqi va kechki ta`limni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bu haqda xabar bermoqda.

Unga ko`ra:

  • o`quv semestri yakunigacha bo`lgan muddatda sirtqi ta`limda o`qish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib ta`lim olish shaklida amalga oshiriladi;
  • o`quvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta ta`lim muassasasiga o`quv sessiyasiga chaqiriladi;
  • sirtqi va kechki ta`limda masofadan turib o`qitish o`quvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;
  • kechki ta`limda o`qish bir haftada 4-5 kundan iborat bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, takliflarni regulation.gov.uz sayti orqali qoldirishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar